Suriyaning AQSh raketa zarbalariga uchragan Shayrat aviabazasiga tashrif buyurgan mutaxassislar kimyoviy qurol izlarini topmadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, aerodromga suriyalik harbiy xodimlardan tashqari, o‘nlab OAV, mahalliy ma’muriyat, yong‘in xizmati, politsiya vakillari tashrif buyurgan. Bu yerda bo‘lgan hech kim gazga qarshi niqob taqmagan, lekin shu bilan bir vaqtda o‘zini ham yaxshi his qilgan.
Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov aviabazaga berilgan zarbani 2003-yil Iroqqa kiritilgan amerikalik harbiylar bilan solishtirib, “kimdir navbatdagi AQSh prezidentiga yana bir bor Vashingtonga xush kelmaydigan davlatda kimyoviy qurol borligini isbotlovchi dalil taqdim etgan bo‘lishi mumkin”ligini taxmin qildi.
General Konashenkov “to‘g‘rilash imkonini beruvchi harbiy moddalar qoldiqlari yoki ularning alomatlarini ular saqlanganidan oylar va hatto yillar o‘tib ham berkitib bo‘lmasligi”ni aytib, voqea sodir bo‘lgan joyga “professional mutaxassislar missiyasi”ni jo‘natishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 7-aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasidan Suriyaning Xoms viloyatidagi Shayrat aerodromi tomon 59 ta “Tomagavk” qanotli raketalari uchirildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)