“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining tibbiy-ijtimoiy markazida Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti mutaxassislari Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Sog‘lom avlod uchun” fondi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Friedensdorf International xalqaro tashkiloti hamkorligida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar samarali davolanib, reabilitatsiya qilib kelinmoqda.
Tashrifimiz doirasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib, bemor bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdik. Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga ham borishni rejalashtirganmiz. Mamlakatingiz shifokorlari bilan hamkorlikda bemor bolalarni sog‘lom hayotga qaytarishdan mamnunmiz.Tibbiy-ijtimoiy markazda tug‘ma nuqsonli, kuyish va jarohat asoratlaridan aziyat chekayotgan bolalar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi, mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi. Ularning ayrimlari Germaniya klinikalarida davolanadigan bo‘ldi.Kevin Daxlbruk, Friedensdorf International xalqaro tashkiloti direktori o‘rinbosari
Eslatib o‘tamiz, Germaniya shifokorlari avvalroq Andijon viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi hamda Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tibbiy ko‘riklar o‘tkazgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)