IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya Mosulga yanglish berilgan aviazarbalar oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi o‘limi uchun javobgar, xalqaro hamjamiyat ushbu faktlar yuzasidan surishtiruv o‘tkazishi lozim. Mosul shahri meri Husayn Xajim mazkur bayonot bilan chiqish qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Harbiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Koalitsiya kuchlari mazkur qurbonlar va yanglish tarzda berilgan zarbalar uchun javobgar. Ushbu hodisalar qurbonlari oilalariga tovon puli to‘lanishiga umid qilaman.Mansabdorning so‘zlariga qaraganda, 17-mart kuni koalitsiya Mosulning g‘arbiy qismini bombardimon qilganda 100 dan ortiq odamning halok bo‘lganligi o‘sha paytda koalitsiya kuchlarining zarur ma’lumotga ega bo‘lmaganligi oqibatidir.Husayn Xajim, Mosul shahri meri
Siz va barcha OAVlar vositasida ushbu mavzu xalqaro surishtiruvsiz o‘tib ketmasligini talab qilamiz. Mahalliy surishtiruv bilan cheklanib qolmaymiz. Nima yuz berganligining sababini bilishimiz lozim.Husayn Xajimning so‘zlariga qaraganda, portlashlardan so‘ng uylarning vayronalari ostidan 125 nafar tinch aholi jasadi olib chiqilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Husayn Xajim, Mosul shahri meri