17 yoshli amerikalik qiz Florida qirg‘oqlarida unga hujum qilgan akuladan qutilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.
Hodisa Destin shahridagi plyajda sodir bo‘ldi. Kentukki shtati fuqarosi Keytlin Teylor onasi va do‘stlari bilan dam olayotgandi. 17 yoshli qiz beligacha suvga kirganida, yaqinlashayotgan to‘lqinni payqadi. Qiz uning yoniga delfin suzib kelayapti deb o‘yladi va qirg‘oqqa qaytishga qaror qildi.
Biroq u delfin emas, akula bo‘lib chiqdi. Yirtqich Teylor yaqiniga suzib keldi va oyog‘idan tishladi. Keytlin akuladan qutilish uchun tumshug‘iga musht tushirdi. Buning natijasiga yirtqich jag‘ini qizning oyog‘idan oldi.
Xabarda qayd etilishicha, qizning do‘stlari akula, taxminan, 1,5 metr ekanini aytdi. Uning turi aniqlanmagan.
Uning omadi bor ekan. Akulaning tishi qizning son arteriyasiga tegmadi. Aks holda vaziyat jiddiy ko‘rinish olardi.Shifokorlar akula hujumiga uchragan Teylor Keytlinga 80 ta chok qo‘ydi.Guvohlardan biri
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!