O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston farmasevtlari jamiyati tomonidan Pharmclub.uz hamkorligida 4-aprel kuni davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2251 nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tadbir oldidan jurnalistlarga bergan tor doiradagi intervyusida ushbu holatga to‘xtalar ekan, endilikda chetdan olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchilardan olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ulgurji savdo uchun 15 foizdan, chakana savdo uchun 20 foizdan ko‘p bo‘lmagan savdo ustamalari qo‘llangan holda sotilishiga urg‘u berdi.
Mavzuga doir: Vazifasiga tayinlanganiga 32 kun bo‘lgan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berdi