“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlarida Kuala-Lumpur va Singapurga reyslarni amalga oshirdi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Nashr eslatishicha, milliy aviakompaniya Boeing-787’dan tijoriy foydalanishni 2016-yil 5-sentabrda boshlagan, birinchi xalqaro reys esa 9-sentabr kuni Olmaotaga amalga oshirilgan edi.
Ayni paytda ushbu samolyotdan Dubay, Dehli, Istanbul, Tel-Aviv, Olmaota, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga parvozlarda foydalanilmoqda.
Tez orada aviakompaniya uzoq masofalarga qo‘nmay to‘g‘ri uchib boriladigan transatlantik parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.