4-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi. Rossiyaga davlat tashrifining asosiy voqealari 5-aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
2. Rossiya Tergov qo‘mitasi Peterburg metrosidagi terakt ijrochisining ismini e’lon qildi. U Rossiya fuqarosi, asli o‘shlik, 1995-yilda tug‘ilgan, Akbarjon Jalilov.
3. O‘zbekistonda urush va mehnat frontining har bir qatnashchisi munosib qutlanadi. O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 2 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.
4. “Toshkent—Dushanbe” aviareysi yo‘lovchilar kamligi sabab bekor qilindi. Avvalroq “Toshkent—Dushanbe” reysi bo‘yicha parvozlar 4-apreldan boshlanishi va haftada ikki marta amalga oshirilishi ma’lum qilingan edi.
5. O‘zbekistonda 4—7-aprel kunlari kechki sovuq va qorga aylanishi mumkin bo‘lgan yomg‘ir kutilmoqda. Havo harorati kechasi -2 darajagacha pasayishi mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!