Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko Sankt-Peterburg metrosiga tushib, ish joyiga bordi. Bu haqda “47news.ru” xabar bermoqda.
Viloyat rahbari shu tariqa yuz bergan teraktdan so‘ng metroga tushishdan cho‘chiyotgan shahar aholisini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.
Drozdenko ertalabki soat 8 atrofida “Chkalovskaya” bekatiga tushdi va “Texnologiya instituti” bekatigacha borib, qurbonlar xotirasi uchun gullar qo‘ydi.
Gubernator Sankt-Peterburgda e’lon qilingan uch kunlik motam kunlari imkon boricha metropolitendan foydalanishi bildirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!