Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 1-aprel kuni xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Tumanning avvalgi hokimi Saparali Azimov o‘z arizasiga muvofiq Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.
Viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayevning tavsiyasiga ko‘ra, Xudoyberdi Azzamov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi etib tasdiqlangan.
Qayd etishlaricha, Azzamov bungacha O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!