AQSh Milliy xavfsizlik kengashi mansabdorlari Vashingtonning KXDR yadro va raketa dasturiga qarshi ta’sir ko‘rsatish ehtimoliy choralari ro‘yxatini tuzishni yakunladi. Bu haqda yuqori mansabdorga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Bir qator iqtisodiy va harbiy choralarni o‘z ichiga oluvchi hujjatni tuzish AQSh prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Szinpin uchrashuvi oldidan tezlashtirildi. Uchrashuv 6—7-aprel kunlariga belgilangan.
Tavsiyalarda yangi sanksiyalar joriy etish va qo‘shnisini tiyib turishi bo‘yicha Xitoyga bosimni kuchaytirishga ustunlik berilganligi ma’lum qilinmoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan choralar qatoriga KXDRni global moliyaviy tizimdan chiqarishga qaratilgan qat’iy saksiyalar ham kiritilgan.
Muhokama etilayotgan choralarda KXDRga qarshi kiberhujumlarni kuchaytirish ham ko‘rib chiqilayotganligi ma’lum qilinmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)