Amerikalik mashhur rassom Endi Uorxol tomonidan ishlangan Mao Szedunnning portreti Gonkongda 12,7 million dollarga sotildi. Bu haqda Sotheby’s kimoshdi savdo uyi vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kartina ismi oshkor etilishini istamagan osiyolik kolleksioner tomonidan xarid qilindi. Lot o‘zining baholash qiymati doirasida sotildi, mazkur qiymat 90—120 million Gonkong dollarini (11,6—15,5 million dollar) tashkil qilgan edi.
XXR asoschisining portreti 1973-yilda ipak grafikasi texnikasi yordamida akril bo‘yoqlarida ishlangan. U kartinada qizil frenchda aks ettirilgan, yuzi esa sariqqa bo‘yalgan. Mazkur polotnoning o‘lchamlari 127 ga 106,6 santimetrni tashkil etadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)