Misr armiyasining yetakchi otryadlari Sinay yarimoroli shimolidagi terrorchilik guruhlarining olti jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Misr qurolli kuchlari rasmiy vakili polkovnik Tamer ar-Rifay ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, operatsiya davomida ekstremistlarning 29 nafar tarafdori qo‘lga olingan.
Bungan tashqari, Rafah aholi yashash punkti yaqinida topilgan, radikal jangarilar qurollar va o‘q-dorilar saqlanadigan joy hamda mustahkam istehkom sifatida ishlatayotgan ikki tunnel ham yo‘q qilindi. Ushbu tunnellarda katta miqdorda portlovchi moddalar va ishlatishga tayyor qo‘lbola portlovchi moslamalar topildi.
Avvalroq Sinayning shimolida Misr harbiylari tomonidan “Ansar bayt al-Maqdis” (“Quddus tarafdorlari”) ekstremistik guruhining besh nafar jangarisi yo‘q qilingani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)