AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari — Ayad al-Jumayliy o‘ldirilganini hozircha tasdiqlay olmaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz bu xabarlarni ko‘rdik, biroq hozir uni tasdiqlay olmaymiz”, — deya ma’lum qildi koalitsiya shtabi vakili.
Ekstremistning o‘ldirilgani haqida Kuvaytning KUNA agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Iroq harbiy-havo kuchlari Anbar viloyatidagi Al-Qayum qishlog‘ida terrorchilar qo‘mondonlik punktiga turkum zarbalar bergan va IShID “mudofaa vaziri”ni yo‘q qilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.