Quddus markazida pichoq bilan qurollangan falastinlik uch nafar isroillikka jarohat yetkazdi va politsiya xodimlari tomonidan zararsizlantirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa Quddusning devor bilan o‘ralgan tarixiy markazi — Eski shaharda yuz bergan.
“Terrorchi ikki fuqaro va bir politsiyachiga pichoq bilan darohat yetkazgan. Ular yengil va o‘rta darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan”, — deya ma’lum qildi politsiyachilar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, falastinlik dastlab ikki isroillikka hujum qilgan, so‘ng hodisa joyidan qochish vaqtida tartib posboniga ham zarar yetkazgan.
Bu joriy hafta boshidan beri Eski shaharda yuz bergan ikkinchi hujum holatidir. Chorshanba kuni chegarachilar pichoq bilan ularga hujum qilishga uringan falastinlik ayolni otib o‘ldirgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)