Rossiyaning “Sovetskiy sport” nashri JCh—2018 uchun kurash olib borayotgan MDH mamlakatlarining imkoniyatlariga nazar solgan bo‘lib, ular orasida eng yaxshi imkoniyat O‘zbekistonda ekaniga to‘xtalgan.
“Hozircha barchasi O‘zbekistonning o‘z qo‘lida. Oxirgi uch o‘yinning ikkitasi asosiy raqobatchilar —Eron va Janubiy Koreyaga qarshi o‘tadi. Ularni mag‘lub et va sen Jahon chempionatidasan”, — deb yozgan nashr.
Markaziy Osiyoning MDH tasnifiga kiruvchi mamlakatlaridan Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston Osiyo saralashining ikkinchi bosqichidayoq qolib ketdi. Qozog‘iston esa Yevropa saralashida o‘z guruhining so‘nggi jamoasi bo‘lib turibdi.
Nazariy jihatdan olib qaraganda, Ukraina, Ozarbayjon kabi mamlakatlar ham yomon imkoniyatga ega emas. Biroq hammasi ularning o‘z qo‘lida ham emas. Ya’ni, ular joy olgan guruh yetakchilari o‘z yo‘lida bir tekis davom etsa, vaziyat ijobiy yakun topmaydi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Jahon chempionatida mezbon sifatida ishtirok etadi.