AQShning Afg‘oniston poytaxtidagi elchixonasida narkotiklar saqlagani va iste’mol qilgani uchun 6 kishi lavozimidan chetlatildi. Bu haqda Davlat departamenti vakiliga tayanib, AP ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Agentlikka ko‘ra, gap 2 diplomat va elchixonada shartnoma asosida ishlagan 4 nafar xodim haqida ketmoqda.
Mazkur holat yuqoridagi xodimlarning o‘z vazifalarini talab darajasida bajarmaganligi yuzasidan olib borilgan tekshiruv davomida aniqlandi.
Elchixona xodimlari qanday narkotiklarni saqlagani yoki iste’mol qilgani haqida ma’lumot berilmagan.