Rossiya mundiali uchun Osiyo saralashining “B” guruhida ham 3 ta terma jamoa 7-turdan keyin alohida ajralib chiqdi.
Avstraliya o‘z maydonida BAA ustidan 2:0 hisobida zafar quchgach, Amirliklar termasi ustozi Mahdi Ali o‘z lavozimini tark etdi. Uning shogirdlari kelasi turlarda nisbatan kuchsizroq bo‘lgan Tailand, Iroq va Saudiya bilan bellashsa ham, Mahdiga imkoniyat berilmadi.
Yaponiya esa Tailand ustidan yirik hisobda zafar quchib, to‘plar nisbatiga ko‘ra turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bunga qadar saudiyaliklar bu borada yetakchi bo‘lib turgandi.
O‘z navbatida “sahro lochinlari” ham 3 ochkoni qo‘lga kiritib, Iroq darvozasiga javobsiz 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlarning ilk uchrashuvida 2:1 hisobida saudiyaliklar ustun kelgandi.
Voqealar rivoji shunday davom etsa, O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari pley-offda o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.
JCh—2018. Osiyo “B” guruhi. 7-tur 28-mart, seshanba
Izoh (0)