FIFA belgilab qo‘ygan alohida kunlardan unumli foydalangan bir qator mamlakatlar kecha xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.
Xorvatiya terma jamoasi eng kutilmagan natijalardan birini qayd etib, Estoniyada 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rossiya terma jamoasi esa Belgiyaga qarshi o‘yinning so‘nggi soniyalarida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
JCh—2018 uchun bir guruhda jiddiy raqobat olib borayotgan Italiya va Ispaniya termalari o‘rtoqlik o‘yinlarida ham zafar quchishning uddasidan chiqa oldi. Italiyalik futbolchilar Gollandiyani, ispaniyaliklar esa Fransiyani safarda taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Krishtianu Ronaldu yetakchilik qiladigan Portugaliya terma jamoasi Shvesiyaga qarshi o‘yinda 2 ta gol farqini saqlab qola omadi va ikkinchi 45 daqiqalikda 3 ta gol o‘tkazib yubordi.
FIFA Xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari 28-mart, seshanba
Izoh (0)