Pokistonda yo‘lovchi poyezdi neft olib ketayotgan avtosisterna bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa 28-mart, seshanbaga o‘tar kechasi Panjob viloyatining Sheyxupura okrugida yuz berdi. Bu haqda Dawn xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hodisa oqibatida ikki kishi — poyezd mashinisti va uning yordamchisi halok bo‘ldi. Yana o‘n kishi jarohatlandi. Poyezd sostavining beshta vagoni yonib ketdi.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, temiryo‘l kesishmasida avtosisternaning tormozi ishlamay qolgan. Shlagbaum poyezd yaqinlashgan paytda ko‘tarilgan.
Izoh (0)