Rossiya—2018 mundiali uchun harakat qilayotgan Janubiy Koreya va Suriya termalari Seul shahrida saralashning 7-turini boshlab berdi.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 4-daqiqaga kelib koreyaliklar tomonidan kiritildi. Suriya bu golga javob qaytara olmadi. Qayd etish kerak, tomonlarning Malayziyada o‘tgan dastlabki o‘yinida 0:0 hisobi qayd etilgandi.
Shu tariqa Janubiy Koreya termasi Suriyadan umumiy hisobda 4 ochko ishlab oldi. O‘zbekiston esa 3 ochkoni qo‘lga kiritgandi. Shu tariqa Janubiy Koreya ochkolari sonini 13 taga yetkazib, O‘zbekistondan 4 ochkoga ilgarilab ketishni boshladi.
JCh—2018. Osiyo “A” guruhi. 7-tur 28-mart, seshanba
Izoh (0)