Karlush Keyrush murabbiyligidagi Eron terma jamoachi JCh—2018 hal qiluvchi saralashidagi beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, yaqqol peshqadamligini davom ettiradigan bo‘ldi.
Forslar yetti turning birortasida ham mag‘lub bo‘lmadi. Shuningdek, o‘z darvozasidan birorta ham gol o‘tkazib yubormadi. Xitoyga qarshi o‘yinda Mehdi Taremiyning yagona goli Eronga g‘alaba keltirdi.
Marchello Lippi Xitoy termasini qabul qilib olgach, Chin o‘lkasi vakillari Qatar bilan durang o‘ynagan (0:0), Janubiy Koreyani mag‘lub etgandi (1:0). Lippiga qadar o‘z maydonida Eron bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan Xitoy, safarda 1 ochko ham ola bilmadi.
Guruhda Eron va Janubiy Koreya terma jamoalaridan keyin O‘zbekiston uchinchi bo‘lib turibdi. Samvel Babayan boshqarayotgan jamoa Erondan 8, Janubiy Koreyadan 4 ochko ortda qolishni boshladi.
JCh—2018. Osiyo “A” guruhi. 7-tur 28-mart, seshanba
Izoh (0)