O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017—2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik imkoniyatlarini jadallik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi taqdim etildi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Mavzuga doir: Buxoroda erkin turistik zona paydo bo‘ladi
Shuningdek, loyiha Samarqand, Xiva va Buxoroni bog‘lovchi asosiy avtomagistrallar ta’mirlanishi hamda Buxoro va Xorazm viloyatlarini bog‘lovchi elektrlashtirilgan temiryo‘l qurilishini tezlashtirishni ko‘zda tutadi.
2018-yildan boshlab Buxoroda turistik militsiyaning tajribaviy guruhi o‘z faoliyatini boshlaydi. Chet tillarini biluvchi ushbu militsiya xodimlari shahar mehmonlariga yordam beradi.
“Ark” majmuasi ichki hovlisining buzilgan qismi 2021-yilgacha qayta tiklanadi, majmuaning o‘zi esa to‘liq ta’mirlanadi. 2018—2027-yillarda viloyatning boshqa tarixiy yodgorliklari ham ta’mirlanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!