Avstraliyaning Kanberra shahrida istimoqat qiluvchi yigit uning avtomobiliga hujum qilgan kenguruni tasvirga oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Videoda mashina ichidagi yigit jonzot ortidan kuzatayotganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng kenguru kutilmaganda to‘xtaydi, mashinani ko‘zdan kechirdi va avtoulov kapotiga qarata bir nechta zarba yo‘lladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kenguru og‘zida tamakini eslatuvchi poxolga e’tibor qaratdi va buni kulguli deb topdi.
Mavzuga doir: Avstraliyada kenguru harakatlanayotgan velosipedchi ustidan yashin tezligida sakrab o‘tdi (video)