Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi matbuot xizmati germaniyalik yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger AQShning MLS ligasi vakili – “Chikago Fayr” klubiga o‘tganini tasdiqladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Har ikki klub va 32 yoshli futbolchi transfer borasida kelishuvga erishdi. Shvaynshtayger tibbiy ko‘rikdan o‘tib, AQSh vizasini olganidan keyin kelishuv rasman yakuniga yetadi.
Mavzuga doir: Bastian Shvaynshtayger “Yunayted”dan 11 million yevro olib, Chikago klubiga jo‘nab ketish arafasida turibdi
“Manchester Yunayted”da ko‘plab do‘stlarimni tark etayotganimdan afsusdaman. “Chikago Fayr” chaqiruvini qabul qilishga ruxsat bergani uchun klubdan minnatdorman. “MYu” futbolchilari, murabbiyi va xodimlari bilan ishlashdan zavq oldim va ularga kelajakda omad yor bo‘lishini tilab qolaman. Ayniqsa, “Manchester Yunayted” muxlislariga rahmat aytaman – ularning daldasi menga yordam bergandi.Bastian Shvaynshtayger, futbolchi
Mavzuga doir: “Manchester Yunayted”dan ketish arafasida turgan Bastian Shvaynshtayger Germaniya termasidagi faoliyatini yakunladi
O‘tgan yili Angliya Kubogi sohibi bo‘lgan jamoaning bir qismi ekanimdan mamnunman. Bu klubning hissiyotlari va kuch-quvvatini doim eslab yuraman. Ayni vaqtda Chikagoda yangi sahifa boshlash uchun ajoyib vaqt. Buni sabrsizlik bilan kutyapman.Bastian Shvaynshtayger, futbolchi
Mavzuga doir: Bastian Shvaynshtaygerga turmushga chiqqan 29 yoshli tennischi Ana Ivanovich faoliyatini yakunladi
Ma’lumot uchun, futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Germaniyaning “Bavariya” klubida (2002–2015) o‘tkazgan Shvaynshtayger 2015-yilning yozida “MYu”ga kelib qo‘shilgan edi. U shu kungacha APL doirasida jami 18 uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)