Suriya terma jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Birinchi galda mutaxassis maydon holatiga e’tibor qaratdi. Suriya terma jamoasi shu kuni boshqacha sharoitda o‘ynadimi yoki uning sharoiti ham O‘zbekiston termasiniki bilan bir xilmidi — aytib o‘tilmagan.
Bugun futbol ko‘rmadik. Maydonning holati yaxshi emasdi. Shu sharoitni hisobga olib, yaxshiroq o‘ynash va harakter ko‘rsatish talab etilgandi.Mag‘lubiyatga qaramay, Samvel Babayan o‘z shogirdlariga har doim bo‘lgani kabi minnatdorchilik bildirdi.Mag‘lubiyatdan afsusdamiz. Biroq O‘zbekiston hamon 3-o‘rinda, demak imkoniyat yo‘qolmagan. Biz oldinga harakat qilamiz va keyingi o‘yinlarda g‘alabaga intilamiz.
Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Futbolchilarga o‘yin uchun minnatdorchilik bildirdim. Ular qattiq mehnat qildi va bor kuch bilan o‘ynadi. Ularga e’tirozim yo‘q.Samvel Babayan futbolchilarga qanday holatlarda e’tiroz bildiradi va umuman ularga e’tiroz bildiradimi yoki yo‘q — aniqlik kiritmagan.Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Umid qilamanki, keyingi o‘yinlarda optimal tarkibda maydonga tushamiz va albatta g‘alaba qozonamiz. O‘ylashimcha, barcha kurash hali oldinda, hammada imkoniyat bor.Ma’lumot uchun, Samvel Babayan milliy terma jamoani qabul qilib olganidan so‘ng bu uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Bunga qadar o‘zbekistonliklarni Eron va Janubiy Koreya termalari ham mag‘lub etishning uddasidan chiqa olgandi.Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Izoh (0)