BMT xalqaro donorlardan Somalida ommaviy ocharchilikning oldini olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning uchdan biridan kam qismini qo‘lga kiritdi. Bu haqda 23-mart, payshanba kuni butunjahon tashkiloti bosh kotibining Afrika mamlakatidagi maxsus vakili Maykl Kiting BMT Xavfsizlik kengashi majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ocharchilikning oldini olish bo‘yicha rejani amalga oshirish uchun 825 million dollar zarur bo‘lib, bu iyun oyigacha 5,5 million kishiga yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Bu reja hozirgi paytga kelib 32 foizga moliyalashtirilgan. Juda kech bo‘lmasdan turib, odamlarga yordam ko‘rsatish uchun mart oyi oxiriga qadar bizga ko‘proq resurslar kerak bo‘ladi”, — dedi u.
Somalining yangi prezidenti Muhammad Farmajo Nyu-Yorkdagi majlis ishtirokchilariga videomurojaat bilan chiqish qildi.
U xalqaro hamjamiyatni Afrika mamlakatida ommaviy ocharchilikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi va qurg‘oqchilik hamda u keltirib chiqargan gumanitar inqiroz vaziyatni izdan chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)