Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev davlat rahbari lavozimini tark etgandan keyin biror-bir yuqori davlat mansabini egallashni rejalashtirmayapti. Bu haqda u 24-mart kuni jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Siyosatda qolish uchun biror lavozimni egallash shart emas, bosh vazir yoki parlament spikeri bo‘lish niyatim yo‘q”, — dedi Atambayev.
Prezidentning so‘zlariga qaraganda, agar u buni rejalashtirganida, mamlakatda umuman boshqacha referendum o‘tkazgan bo‘lardi.
Atambayevning ta’kidlashicha, ba’zi siyosatchilar unga vakolatlari tugagandan keyin ham prezidentlik lavozimida qolishni taklif qilgan.
“Biroq biz boshqalarning fikri bilan ish tutmasligimiz lozim, men (prezidentlik vakolatlarim tugaganidan keyin) qadrdon Sotsial-demokratik partiya masalalari bilan shug‘ullanaman. Unga ko‘p kuch sarflangan va u yangilanishini istardim”, — deya ta’kidladi Atambayev.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)