Antarktika dengizlari muz qoplami maydoni 1-mart holatiga ular kosmosdan kuzatilgan butun vaqt davomidagi eng minimal darajagacha qisqarib, 2 million 150 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi. Bu haqda 23-mart, payshanba kuni Yaponiya Qutb tadqiqotlari milliy instituti ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Institutning ma’lum qilishicha, hozirda Antarktika dengizlari muz qoplami 2000-yildan 2009-yilgacha bo‘lgan davrda qayd etilgan eng minimal darajaning, taxminan, 70 foizini tashkil qiladi. Ular 1978-yildan buyon kosmos orqali muntazam kuzatib boriladi. Hozirgi ma’lumotlar “Sidzuku” ilmiy sun’iy yo‘ldoshidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida olingan.
Qutb tadqiqotlari milliy instituti mutaxassislari muz qoplamining qisqarishiga suv haroratining oshishi, shuningdek, shamollar va okean oqimlari yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)