Sotheby’s kimoshdi savdo uyi og‘irligi 59,6 karat (taxminan, 11,8 gramm) bo‘lgan “Pushti yulduz” nomli noyob javohirni savdoga qo‘ydi. U o‘z segmentida dunyodagi eng katta qimmatbaho tosh hisoblanadi, deb xabar bermoqda Harper’s Bazaar.
Mazkur qimmatbaho tosh 1999-yili Afrikadagi olmos konidan topilgan. Uni qayta ishlash uchun zargarlar qariyb ikki yil sarflagan. Lotning boshlanish narxi – 60 million dollardan ortiq.
2016-yilning bahorida Jenevadagi kimoshdi savdoda og‘irligi 15,38 karatli (3 grammdan sal ortiq) nok shaklidagi pushti rangli “Nodir pushti rang” (Unique Pink) javohiri 31,6 million dollarga sotilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)