Eronning “Sepaxon” klubi amaldagi bosh murabbiy Abdulloh Veysi bilan xayrlashgandi. Endilikda uning ishini xorvatiyalik mutaxassis Zlatko Kranchar davom ettiradi.
“Championat.asia” nashrining oydinlik kiritishicha, Kranchar 2011—2014-yillar davomida ham “Sepaxon”ga ustozlik qilgan. Bu vaqt oralig‘ida klub nafaqat Eron chempionatida, balki Xazfi kubogi musobaqasida ham zafar quchishning uddasidan chiqa olgan.
“Sepaxon” sharafini O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Server Jeparov himoya qiladi. U Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlarda maydonga tushish uchun terma lageriga jo‘nab ketgandi. Zlatko Kranchar shundan keyin “Sepaxon”ni qabul qilib oldi.
Ma’lumot uchun, 60 yoshli mutaxassis o‘z vaqtida Chernogoriya va Xorvatiya termalarini ham boshqargan. Endilikda u fors chempionatida 7-o‘rinni egallab turgan klubni qayta oyoqqa turg‘azishga harakat qiladi.
Izoh (0)