Amerikaning Florida shtatida qutqaruvchilar kanalizatsiya lyukidan timsohni chiqarib oldi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Sudralib yuruvchini kanalizatsiyada ekanligini aniqlagan mahalliy aholi yovvoyi hayvonlarni ovlovchi mutaxassisni chaqirdi.
Uzunligi 2,7 metr atrofida bo‘lgan timsoh asirlikdan muvaffaqiyatli chiqarib olindi.
Timsoh shahar tashqarisiga olib chiqilib, u uchun odatiy yashash muhitiga qo‘yib yuborildi.
Izoh (0)