Oramizda yozgacha ozishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar yoki qomatini ixchamlashtirmoqchi bo‘lganlar juda ko‘pchilikni tashkil qilsa kerak. To‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilishda bizga faqat bitta omil xalal beradi. Bu doimiy ravishda ko‘z oldimizda paydo bo‘ladigan mazali bo‘lsa ham foydasi yo‘q yeguliklar: shokoladlar, pechenyelar, konfetlar, chipslar. Biz maqolamizda taqiqlangan yeguliklarni yeyishdan o‘zini qanday tiyish haqida aytmoqchimiz.

Foto: “Matrony.ru”

Foto: “Matrony.ru”

Aniq maqsad qo‘ying

“Shirinlik iste’mol qilishni kamaytirish” – bu maqsad emas vosita. Shuning uchun shakllantirishga yordam beruvchi to‘rtta savolga javob bering.

  1. Siz aniq nimani xohlaysiz?
  2. Nima uchun buni xohlaysiz?
  3. Maqsadga yetish uchun nima qilish kerak? Raqamlarda.
  4. Natijaga erishganingizni qanday bilasiz?

Tasavvur qiling

O‘zingizni tasavvur qiling. Maqsadingizga erishgandan keyin qanday ko‘rinasiz? Yurishingiz qanday o‘zgaradi? Hayotingizda nimalar yuz beradi? Qanchalik mayda-chuydalarigacha tasavvur qilsangiz shuncha yaxshiroq. Bu juda ilhomlantiradi.

Ertalab va kechqurun diqqatingizni maqsadga qarating

Har kuni ertalab bugungi kun maqsadingiz sari yanada yaqinlashtirishiga o‘zingizni ishontiring.

Kechqurun  kuningizdan xulosa chiqaring va o‘zingizni maqtashga loyiq kamida beshta vaziyatni eslang.

Ikki yo‘ldan birini tanlang

Ikkilanib qolgan paytingizda sizda qat’iy bir tanlov bo‘lishi lozim. Ruhshunoslar shirinliklarni ko‘ngil ochishning bir turi deb hisoblashadi. Shuning uchun o‘zingizga savol bering: “Men shu shirinlikni yeyishdan boshqa yana nima qilishni juda xohlardim?” Oldindan variantlarni tayyorlab qo‘ying: kontrast dush qabul qilish, dugonam bilan suhbatlashish, bog‘da aylanish.

Manba: Women’s Health