AQShning Virjiniya universiteti qoshidagi Demographics Research Group ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda aholisi bir milliondan ziyod shaharlar soni yuzdan oshib, 102 taga yetgan, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

Xitoydagi jadal urbanizatsiya sabab, katta shaharlar soni o‘sishda davom etmoqda. McKisney Global Institute’ning hisob-kitobiga ko‘ra, 2025-yilga borib aholisi bir milliondan oshgan Xitoy shaharlari soni ikki barobarga ortadi.

The Guardian nashri ekspertlar orasida so‘rov o‘tkazib, Xitoyda kuzatilayotgan yuqori sur’atli urbanizatsiyaga sababchi bir necha omillarni keltirdi.

Bu, birinchi galda, hukumatning maqsadli siyosati hamdir — mamlakat rahbariyati aholining ishlab chiqarish yuqori taraqqiy etgan shaharlarga ko‘chib o‘tishni rag‘batlantirmoqda va, ayni vaqtda, shahar infratuzilmasining borgan sari yaxshilanib borishi qishloq aholisini o‘z-o‘zidan katta shaharlarga jalb etmoqda.

Bundan tashqari, Xitoyning ko‘plab yirik kompaniyalari, masalan, Alibaba va Foxconn kabilar o‘zining yangi ishlab chiqarish markazlarini mamlakatning nisbatan ichkari, ishchi kuchi sohilbo‘yi shaharlaridagiga nisbatan arzonroq bo‘lgan hududlarida tashkil etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!