Qurollangan to‘da minomyotlar yordamida Damashqning tarixiy markazidagi markazidagi Al-Qamariya mavzesini o‘qqa tutdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, jangarilar uchta snaryad uchirgan, natijada bir necha inshootga zarar yetkazilgan. Halok bo‘lganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘qqa tutilgan joyning yonidagi jahonning eng ko‘hna masjidlaridan biri — Ummaviylar masjidiga zarar yetmagani aytilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!