Warner Bros kompaniyasi “Garri Potter va la’natlangan bola” pyesasining kinotalqinini suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Jim Xill ma’lum qildi, deya xabar beradi “Comicbook.com”.

Foto: Trend

Foto: Trend

Asar trilogiya, ya’ni uch qismdan iborat holda ekranlashtiriladi. Ularda original filmlarda bosh qahramonlarni o‘ynagan aktyorlar paydo bo‘ladi. 

Suratga olish ishlari “Fantastik maxluqlar va ular qayerda istiqomat qiladi” filmi ustidagi ishlar yakunlanganidan so‘ng boshlanadi.

Trilogiyaning oxirgi qismi 2024-yilda ekranlarga chiqishi mo‘ljallangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!