Share America platformasi AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan beshta faktni oshkor qildi.

Foto: AP

Foto: AP

Poliglot

Melaniya Tramp beshta tilda so‘zlasha oladi. O‘zining ona tili — sloven tilidan tashqari, u ingliz, fransuz, serb va nemis tillarini biladi.

Opasi

Melaniya Trampga eng yaqin vakolatli shaxslar orasida uning opasi Ines Knauss ham bor. Opa-singillar yoshligida Sloveniya poytaxti Lyublyanadagi dizayn maktabida birga o‘qigan. Knaus singlisining to‘yida kelin dugonasi bo‘lgan.

AQShda tug‘ilmagan birinchi xonimlarning ikkinchisi

Melaniya AQShda tug‘ilmagan birinchi xonimlarning ikkinchisidir. Birinchisi prezident Jon Kuinsi Adams (1825—1829-yillar)ning rafiqasi, asli buyuk britaniyalik Luiza Adams bo‘lgan. Melaniya Yugoslaviyaning Novo-Mesto shahrida, hozirgi Sloveniyada tug‘ilgan.

Insonparvar ko‘ngilli

Melaniya 2005—2009-yillarda Amerika Qizil Xoch insonparvarlik tashkilotining yaxshi niyat elchisi bo‘lgan.

Baland bo‘yli

Amerikalik ayollarning o‘rtacha bo‘yi 162,5 santimetrni tashkil etadi, shu tufayli, Tramp eng baland bo‘yli birinchi xonimlardan sanaladi. 180,3 sm bo‘yi bilan u Eleonora Ruzvelt va Mishel Obama safidan joy oladi.