Muborakning “Mash’al” klubi darvozaboni Javohir Ilyosov Oliy liganing ketma-ket ikki turida penalti qaytarib, jurnalistlar e’tiboriga tushdi.
“Championat.asia” nashrining qayd etishicha, darvozabon “Metallurg”ga qarshi o‘tgan 2-tur o‘yinida Dilmurod Karimovning 11 metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan.
3-turga kelib “Mash’al” Qashqadaryo derbisini o‘z foydasiga hal qildi. Javohir Ilyosov bu safar hujumchi Igor Taranning zarbasiga muvaffaqiyatsizlik to‘nini kiydirdi.
Ma’lumot uchun, Javohir Ilyosov 1994-yilda tavallud topgan. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inlariga chaqirilmagan.
Izoh (0)