Janubiy Koreya mamlakatda sotuvi taqiqlangan 1,5 mingta Audi va Volkswagen avtomobilini Germaniyaga qaytarib yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Foto: Motor

Foto: Motor

“Tona ilbo” nashriga ko‘ra, gap Kyongido provinsiyasidagi Pxyontxeka portida ikki yil davomida turib qolgan Audi A1 va A3, shuningdek, Volkswagen Golf 1.6 TDI modellari haqida ketmoqda. 

“Mazkur avtomobillarning Janubiy Koreyadagi sotuvi ‘dizelli mojaro’ sababli man etilgandi. Ular Germaniyaning Emden portiga taxminan bir oydan so‘ng yetib boradi”, — deya ma’lum qiladi gazeta. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Myunxen prokuraturasi Volkswagen rahbari Mattias Myuller ofisida tintuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.