Tantanali kechaga olmos ko‘zli tilla taqinchoqlaringizni taqib borishga qaror qildingiz. Lekin toshlari ham, tilla gardishlari ham vaqt o‘tishi bilan juda xiralashib qolgan. Nima qilish kerak?

Foto: “Xitrosti jizni”

Foto: “Xitrosti jizni”

Tuz, soda va idish yuvish vositasini olamiz. Shisha idishchaga suv solib uni mikroto‘lqinli pechda 2 daqiqa isitamiz.

Foto: “Xitrosti jizni”

Foto: “Xitrosti jizni”

Birorta idish olamiz va uning ichiga alyuminiy qog‘oz to‘shaymiz. Ustidan qaynoq suvni solamiz. Uning ichiga har biridan 1 osh qoshiqdan tuz, soda va idish yuvish vositasi aralashtiramiz. Idishga taqinchoqlarni qo‘yamiz va 10 daqiqadan so‘ng olamiz.

Foto: “Xitrosti jizni”

Foto: “Xitrosti jizni”

Toza suvda yuvib, yumshoq latta bilan artamiz. Taqinchoqlaringiz yangidek yaltirab ketadi.

Manba: “Xitrosti jizni”