Disneyland’da “Yulduzlar jangi” imperiyasining yuruvchi mashinalari qurila boshlandi

Walt Disney kompaniyasining Floridada va Kaliforniyadagi ko‘ngilochar bog‘larida “Yulduzlar jangi” filmidagi attraksionlar qurilmoqda. Xususan, Walt Disney World Resort va Disneyland xiyobonlarida zirhli АТ-АТ mashinalari paydo bo‘ladi, deb xabar beradi Meduza.

Mashina birinchi marta “Imperiya javob zarbasi beradi” filmida namoyish etilgan.

16-martda Walt Disney kompaniyasi AT-AT mashinasi qurilishi haqidagi dastlabki videoni taqdim etdi.

“Yulduzlar jangi”ga bag‘ishlangan hududlar xiyobonlarga tashrif buyuruvchilar uchun 2019-yilda ochiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing