Davolash kerak bo‘lgan horg‘inlik sabablari

Agar siz doimiy toliqqanlik holatida yursangiz, buning sababini aniqlashingiz lozim: ishingiz ko‘pligidanmi yoki sizda qanaqadir kasallik paydo bo‘la boshladimi?  Bizning maqolamizda eng ko‘p tarqalgan va charchoq belgilari bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklar keltirilgan.

Foto: “Uznayvse.ru”

Foto: “Uznayvse.ru”

Temir yetishmasligi

Temir moddasi yetishmovchiligida gemoglobin ishlab chiqarish pasayadi, hujayralarning yetarlicha kislorod ololmasligi doimiy charchoqlikni keltirib chiqaradi.

Belgilari:

  • sovuq qo‘llar;
  • muz, ba’zan tuproq, kraxmal yeyishni xohlash;
  • ko‘krakdagi noqulaylik, hansirash;
  • rangpar teri, mo‘rt, qatlamlashgan tirnoqlar;
  • kasalmand, shishgan yoki qizargan til.

Boshlang‘ich davrida tarkibida temir moddasi bo‘lgan ovqatlarni ko‘paytirish yo‘li bilan vaziyatni to‘g‘rilash mumkin.

B12 vitamini yetishmasligi

Charchash — B12 vitamini yetishmasligi belgilaridan biri.

Belgilari:

  • yomon kayfiyat, yig‘loqilik, xavfsirash;
  • aniq ko‘rolmaslik, o‘zgacha soyalar paydo bo‘lishi;
  • rangpar yoki sarg‘imtir teri, tekis til;
  • sanchish, oyoq va qo‘llarning uvishishi.

Bunday hollarda dozasi shifokor tomonidan tayinlangan sintetik analog qabul qilish zarur bo‘ladi.

Ichak kasalliklari

Ichaklar faoliyatining buzilishiga undagi zararli bakteriyalar haddan tashqari ko‘payib ketishi sabab bo‘ladi. Bu mikroorganizmlar yo‘qolishi oqibatida asab tizimiga salbiy ta’sir qiluvchi va charchoqlikni keltirib chiqaruvchi toksinlar ajralib chiqadi.

Belgilari:

  • ortiqcha gaz paydo bo‘lishi, qorindagi og‘riq;
  • og‘izda yoqimsiz ta’m paydo bo‘lishi;
  • til ustidagi oq dog‘lar.

Ichaklarni davolash uning faoliyatini buzgan kasallik turiga qarab belgilanadi.

Manba: Reader’s Digest

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing