Moskvaning “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov o‘ng oyog‘ining son qismini jarohatlab oldi.
18-mart — shanba kuni “temiryo‘lchilar” Rossiya Premyer-ligasining 20-turida “Spartak” klubiga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yinni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazgan Denisovning jarohatini keyinroq “Lokomotiv” matbuot xizmati tasdiqladi.
Himoyachi bugun — 19-mart kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu esa uning qancha muddatga safdan chiqqaniga oydinlik kiritadi.
Ma’lumot uchun, Vitaliy Denisov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi JCh—2018 saralashidan joy olgan o‘yiniga taklif qilingandi. U uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Kuala-Lumpurga Moskva orqali yetib kelishi kerak edi. Ayni vaqtda Denisovning O‘zbekiston terma jamoasiga yordam berishi so‘roq ostida turibdi.
Izoh (0)