Qrim rahbari Sergey Aksyonov “Rossiya 24” telekanali efirida Vladimir Putin umrbod prezident bo‘lib qolishi lozimligini bildirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
“Agar Vladimir Vladimirovich Sovet Ittifoqidagi jarayonlarni boshqarganda, ishonchim komilki, u tarqalib ketmagan bo‘lardi. Yoki chor Rossiyasida o‘sha paytda shunday fe’l-atvordagi — aqlli, qat’iyatli, mamlakati uchun qayg‘uradigan inson bo‘lganida ham ma’lum bir ijobiy holatlar yuz berishi mumkin edi”, — deya ta’kidladi Sergey Aksyonov.
Oldinroq Kreml Putinning prezidentlik saylovidagi so‘nggi ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rayotganligi bildirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Qrim Rossiyaga qo‘shib olinganiga 3 yil to‘ldi. Yevroittifoq BMT mamlakatlarining barchasini Qrim bo‘yicha sanksiyalarga qo‘shilishga chaqirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!