Myunxen prokuraturasi Volkswagen rahbari Mattias Myuller ofisida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Bild

Foto: Bild

Tintuvlar Ingolshtadtdagi Audi shtab-kvartirasida, shuningdek, kompaniyaning Nekarsulmdagi zavodida ham o‘tkazildi.

Tintuvlar chog‘ida xodimlarning shaxsiy buyumlari, noutbuklar, elektron qurilmalar xotira xaritalari tekshirilgani bildirilmoqda.

Myunxen prokuraturasining mazkur tintuvlari Volkswagen kompaniyasi bilan bog‘liq “dizelli mojaro” doirasida bo‘lib o‘tdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!