Yevropa parlamentining sobiq raisi Martin Shuls Germaniya sotsial-demokratik partiyasining yangi raisi etib saylandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
19-mart kuni partiyaning navbatdan tashqari Berlinda o‘tkazilgan syezdida Shuls nomzodiga 100 foiz ovoz berildi.
Shuningdek, bundestag saylovlarida kansler lavozimi uchun Martin Shuls rasman Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ko‘rsatildi.
Germaniya bundestagi uchun saylovlar 2017-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, mamlakatda yangi hukumat tashkil etilib, GFR kansleri saylanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)