Aziza Niyozmetova turmush o‘rtog‘ining xiyonati haqida so‘zlab berdi

Xonanda Aziza Niyozmetova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda shaxsiy hayotiga oid ayrim ma’lumotlarni so‘zlab berdi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

Foto: “Darakchi.uz”

Foto: “Darakchi.uz”

“Hozirda men birovning sevimli keliniman. Nabiralarim bor. Chiroyli turmush o‘rtog‘im bor. Men judayam baxtli ayolman”, — dedi Aziza Niyozmetova.

“Dushmanlaringizning sizga yetkazgan eng katta zarari nimada?” degan savolga Aziza Niyozmetova quyidagicha javob berdi:

Dushmanlarimning menga yetkazgan eng katta zarari — bu mening hayotimni buzgani. Men xorazmliklar bunaqa bo‘ladi, deb hech kutmagandim. Turmush o‘rtog‘im ustozimning qizi bilan yurib ketadi, deb o‘ylamagandim. Turmush o‘rtog‘imni xiyonati uchun kechirmaganman. Bu voqeaga o‘sha yerni o‘zidayoq nuqta qo‘yganman.

Aziza Niyozmetova, xonanda

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing