O‘zbekistonda dori vositalari arzonlashdimi?

2016-yilning 31-oktabrida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Mazkur qaror bilan respublikaning har bir dorixonasida bo‘lishi lozim bo‘lgan 343 nomlanishdagi dori vositalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bugungi kunda dori vositalari narxlarini sababsiz oshirish bilan bog‘liq holatlarning oldi olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi “Daryo” nashriga ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Endi tibbiyot vositalarini (jumladan dori vositalari) ulgurji va chakana savdosi cheklangan — ulgurji savdo uchun — qiymatining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan, chakana savdo uchun 20 foizdan ortiq bo‘lmagan ustama haq bilan amalga oshiriladi.

Bu choralar bozorda yuzaga kelgan vaziyatni tartibga solishga qaratilgan.

2016- va 2017-yillardagi qiymatlarni taqqoslovchi tahlil dori vositalari narxlarining 8 foizdan 44 foizgacha pasayganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, 2017-yilning 1-yanvaridan barcha dorixonalarda “Iste’molchilar burchagi”ning paydo bo‘lishini ijobiy o‘zgarishlardan biri deyish mumkin. Unda dori vositalari va birinchi zarurat buyumlarini cheklangan narxlari haqidagi ma’lumotlarni topish mumkin.

Agar dorixonalarning qaror ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq ariza va shikoyatlaringiz, hal etilmagan muammolaringiz, shuningdek, dori vositalarining sifati va narxlari bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefonlari”ga (0371 242 84 16) yoki vazirlikning rasmiy veb-sayti — www.ssv.uz yoki www.minzdrav.uz manzilida ko‘rsatilgan elektron pochta orqali mazkur virtual qabulxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing