Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Suriyadagi bolalarni qutqaring” aksiyasini qo‘llab quvvatladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Portugaliyalik futbolchi o‘g‘li bilan suriyalik bolakayning rasmini ushlab turgan holda tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga yukladi va quyidagilarni bildirib o‘tdi.
Bugun men Umar kabi sartarosh bo‘lishni orzu qilganini tasvirlagan suriyalik bolalar bilan birgaman.Krishtianu Ronaldu, “Real” klubi va Portugaliya termasi futbolchisi
Mavzuga doir: Falastinda yil odami deb topilgan Krishtianu Ronaldudan suriyalik bolakaylar ham minnatdor bo‘ldi
Urushning bir kuni – bu juda ko‘p. Suriyalik bolalar esa olti yildan buyon zo‘ravonlik va qattiqqo‘llik qurboni bo‘lib kelmoqda. Ota va YuNISЕF elchisi sifatida bu holat yuragimni tilka pora qilyapti. Urush to‘xtatilishi uchun YuNISЕFga o‘z ovozingizni qo‘shing.Suriyadagi bolalar mamlakatdagi davomiy urushlar qurboniga aylanmoqda. 7 yoshli Bana Alabed ismli qiz AQSh prezidenti Donald Trampga ochiq xat yozib, suriyalik bolalar tinchlikda yashashga loyiq ekanini bildirib, undan nimadir qilishini so‘radi.Lionel Messi, “Barselona” klubi va Argentina termasi futbolchisi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!