Yaponiyada mazali taomlar yeyishni sevishadi, lekin shunday bo‘lsa ham u yerda semiz odamlarni uchratish qiyin. Buni osiyoliklarga xos ozg‘in jussa bilan bog‘lash mumkin, lekin qo‘shni mamlakatlarda semizlik bilan bog‘liq vaziyat butunlay boshqacha. Nima uchun?
Birinchi va asosiy sababi – ovqatlarning tarkibida. Yaponlar ovqat tayyorlashda baliqlar, dengiz o‘tlari, soya, guruch, mevalar va ko‘k choydan foydalanishadi. Ular yeydigan ovqatlarda yuqori kaloriyali va zararli mahsulotlar deyarli yo‘q. Ular ovqat tayyorlashda dengiz mahsulotlari bilan bir qatorda brokkoli, gulkaram va bryussel karamlarini ko‘p ishlatishadi.
O‘ziga xos tushlik – qovurilgan baliq, guruch, qaynatilgan sabzavotlar, miso-sho‘rva va ko‘p miqdorda ko‘k choy. Desert sifatida esa kesilgan mevalar yeyishni ma’qul ko‘rishadi.
Yaponiyada deyarli hamma taomlarning tayyorlanish uslubi yengil hazm bo‘lishga asoslangan. Yaponlar taomlarni grilda, bug‘da yoki chuqur tovada tayyorlaydilar. Oshpazlar ovqat tayyorlashda foydali o‘simlik yog‘laridan va mavsumiy sabzavotlar sho‘rvasidan foydalanishadi. Bunday taomlardan keyin me’dada hech qanday og‘irlik va noqulaylik sezilmaydi.
Yaponiyada sog‘lom ovqatlanish qoidalaridan biri taomga faqat yangi va toza mahsulotlarni ishlatish hisoblanadi.
Yapon madaniyatida ovqatlarni kam-kamdan iste’mol qilish ko‘zda tutiladi. Ovqat yeyish – bu shunday “an’anaviy odat” hisoblanadiki, unda har bir luqma ovqatni shoshilmasdan astoydil chaynash talab qilinadi. Ovqat solinadigan idishlar juda kichkina bo‘lib, shirinlik likopchalarini eslatadi.
Yaponiyada ovqatdan keyingi desertda shirinliklar deyarli berilmaydi. Ular shirinliklarni juda kam miqdorda yeyishadi.
Izoh (0)