Fransiya chempionati 29-turida “Lion” o‘z maydonida “Tuluza” futbolchilarini qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Manchester Yunayted” klubida porlay olmagan gollandiyalik 23 yoshli futbolchi “Tuluza” darvozasiga super gol urdi.
Uchrashuvning 82-daqiqasida “Lion” 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Depay raqib posbonining darvozasidan uzoqlashganini payqadi va maydon markazidan to‘pni “Tuluza” darvozasiga aniq yo‘lladi.
O‘yindan keyin Memfis Depayning goli “MYu” afsonasi Devid Bekxem tomonidan 1996-yili “Uimbldon” darvozasiga kiritgan goliga taqqoslandi. Gollandiyalik bu so‘zlarga o‘ziga xos javob qaytardi.
Men Devid Bekxem emasman. O‘zimni u kabi buyuk futbolchiga taqqoslay olmayman.Devid Bekxemning “Uimbldon” darvozasiga maydon markazidan kiritgan goli:Memfis Depay, futbolchi
Mavzuga doir: “Yunayted”ga kelishi bilan mashhur 7-raqamni olgan va o‘zidan avvalgilarni takrorlay olmagan Depay “Lion” safiga o‘tib ketdi
Ma’lumot uchun, “Lion” Fransiya chempionati 29-turidan keyin zaxirasida 1 o‘yini bilan 50 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!